O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

 

 

                                                                        A.Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati

Axborot-kutubxona markazi

 

 

 YO‘L KO‘RSATKICH

 

 

 

 

     A.Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati Axborot-kutubxona markazi A.Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati ilmiy-ommabop kutubxonasi negizida, 2006 yil iyulida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi  qarori asosida vujudga kelgan.

Har tomonlama boy markaz fondidan ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-ilmiy, texnik, qishloq xo‘jaliq, badiiy adabiyotlar o‘rin olgan. Markaz o‘zagini faqatgina kitoblar tashkil etmaydi. Bu erda yangi vaqtli, hamda nota nashrlari, musiqa yozuvlari bor.

Butun fond asosan davlat hamda rus tillarida havola etiladi.

Markaz jamoasining bosh vazifasi kitob fondlaridan imqoniyati boricha to‘laroq foydalanishga sharoit yaratib berish, hamda foydalanuvchilar talabini qondirishdan iborat.

Bugun markazda 7ta bo‘lim faoliyat ko‘rsatmoqda. Endi sizni markazimizning ish, hamda bo‘limlarning joylashishi bilan tanishishga taklif etamiz.

    ILMIY-USLUBIYAT BO‘LIMI. Viloyat axborot-resurs markazlarini rahbarlik ishlari bo‘yicha boshqaruvchi bo‘lim, AKMning boshqa bo‘limlari bilan mustahkam aloqada. Tashkiliy-uslubiy rahbarlik kutubxona-bibliografiya ishlarining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ARMlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Uslubiy-bibliografik qo‘llanmalarni tayyorlash va nashr etish markaz ishlarining usul va uslublarini takomillashtirishda, AKMda foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda yordam beradi. Ular tematikasi viloyat, respublika hayotidagi muhim vazifalar bilan belgilanadi.

Viloyat axborot-resurs markazlariga uslubiy hamda amaliy yordam  ko‘rsatish ilmiy-uslubiyat bo‘limining etakchi mutaxassislarini yo‘nalishni tashkil qiladi.

Kutubxona xodimlarini tarbiyalash seminar mashg‘ulotlari, stajirovka yo‘li bilan ularning malakasini oshirish ishlarini boshqaradi.

        AXBOROT VA KUTUBXONACHILIK HUJJATLARINI SAQLASH BO‘LIMI. Bu bo‘limda markazning asosiy fondi – 100 ming jilddan ziyod kitoblar, ular orasida yagona nushalar jamlangan. Kitobxon talabi bilan buyurtma qilingan adabiyot markaz bo‘limlariga chiqariladi.

Bo‘limning asosiy vazifalari: fondning saqlanishini ta’minlash; viloyat axborot-resurs markazlari fondlarini tashkil etishda uslubiy yordam ko‘rsatishdan iborat.

       AXBOROT VA KUTUBXONACHILIK HUJJATLARINI BUTLASH BO‘LIMI. Bu bo‘limga hamma yangi adabiyotlar kelib tushadi. Keyingi yillarda kitob jamg‘armasini butlashning quyidagi shakllari: kitoblarni jismoniy va yuridik shaxslardan, hamda xalqaro jamg‘armalardan sovg‘a tarzida qabul qilish rivojlanmoqda. SHuningdek, keyingi yillarda AKM kitob jamg‘armalarini homiylar yordamida butlash yo‘llarini izlab topmoqda.

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. AKM fondini ilmiy-asoslangan holda butlashni ta’minlash;
  2. Foydalanuvchilarni ijtimoiy-malakali tuzilmasini, hamda shaharning xalq xo‘jaligi va madaniy sohalarini hisobga olgan holda markaz fondini vujudga keltirish;
  3. Tuzilmali qismlarning fondidan foydalanish va ularning tarkibini o‘rganish;
  4. YAngi kelgan kitoblarni qabul qilish va hisobga olish;
  5. CHiqqan hujjatlarni hisobga olish.

 

Fondning vujudga kelishi faqatgina byudjet mablag‘lari hisobiga amalga oshmaydi. Fondning vujudga kelishida jamoat tashkilotlari bilan birga, beg‘araz yordam tariqasida  markazga adabiyotlar taqdim etayotgan alohida foydalanuvchilar katta ahamiyatga egadirlar.

Butlash bo‘limi hujjatlarni hisobga olishning yuritilishida va butlash masalalarini o‘rganishda, tahlil qilishda, hamda malakalarini umumlashtirishda, shuningdek, viloyat axborot-resurs markazlariga uslubiy va konsultativ yordam ko‘rsatishda faol ishtirok etadi.

        AXBOROT VA KUTUBXONACHILIK HUJJATLARINI KATALOGLASHTIRISH VA ISHLOV BERISH BO‘LIMI  axborot va kutubxonachilik hujjatlarini kataloglashtirib ishlov berish vazifalarini amalga oshiradi. Har bir qayta kelib tushgan kitobga “pasport” yoziladi, katalogdagi o‘rni belgilanadi, kitob texnik ishlovdan o‘tkaziladi (yorliqlar, kissachalar, qaytarish muddati yopishtiriladi),  tasniflashtiriladi (shifri qo‘yiladi, kitobga katalog uchun kartochka yoziladi).

Bo‘limning asosiy vazifalari – kataloglar orqali markaz fondini to‘liq va operativ namoyon    qilishni, shuningdek, viloyat axborot-resurs markazlariga adabiyotlarga ishlov berish, hamda fondlarini kataloglashtirishda yordam ko‘rsatish va uslubiy rahbarlikni ta’minlashdan iborat.

          FOYDALANUVCHILARGA XIZMAT KO‘RSATISH BO‘LIMI.

Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi bo‘lib, quyidagi ixtisoslashgan o‘quv zallari va sektorlariga ega:

  1. Umumiy o‘quv zali.
  2. Abonement va kutubxonalararo abonement sektori.
  3. YOshlar bilan ishlash bo‘yicha ma’naviyat va ma’rifat sektori.
  4. Kompyuter zali.

UMUMIY O‘QUV ZALI SEKTORI          barcha toifadagi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi. Ular orasida pedagoglar, shifokorlar, huquqshunoslar, ishchi va xizmatchilar, talaba va maktab o‘quvchilari, kollejlar talabalari, nafaqaxurlar bor. O‘quv zalda 65 o‘rin joyi tashkil etilgan. Bu zalda foydalanuvchilar qiziqtirgan barcha savollarga ilmning turli sohalariga oid lug‘atlar, ensiklopediyalar, ma’lumotnomalar, qomus va to‘plamlar orqali davlat, rus, chet tilida javob topishi mumkin.

O‘quv zalda ilmiy-ommabop adabiyotlar, o‘zbek klassik adabiyoti, zamonaviy yozuvchilarning asarlari bilan yaqindan tanishish mumkin.

YUqorida sanab o‘tilgan adabiyotlar bilan chuqurroq tanishmoqchi bo‘lganlar ushbu zalga tashrif buyurishi mumkin.

Umumiy o‘quv zalda vaqtli  nashrlar tashkil etilgan. Ijtimoiy-siyosiy yoshlar tematikasi, pedagogika va huquq masalalari, tabiiy fanlar bo‘yicha juda ko‘p ro‘znomalar va oynomalar to‘plangan. Foydalanuvchilar bu erda yangi ro‘znomalar va oynomalar o‘qish bilan kifoyalanib qolmaydi, balki o‘tgan yillardagi taxlamlarni ham ko‘zdan kechirishi mumkin.

ABONEMENT VA KUTUBXONALARARO ABONEMENT SEKTORI shahar abonement va kutubxonalararo abonement sektori foydalanuvchilarning uyiga 15 kunlik  muddat bilan kitob beradi. Bo‘lim kitoblaridan foydalanishga yo‘l ochiq.

Bu sektorda ilmiy-ommabop adabiyotlar, o‘zbek, rus, xorijiy klassik adabiyoti zamonaviy yozuvchilarning asarlari bilan yaqindan tanishish mumkin.

Adabiyotlarni targ‘ibot qilishi sektor tematik ko‘rgazmalar, individual o‘qish rejalarini tuzish va ommaviy tadbirlar o‘tkazish, yangiliklar bo‘yicha axborot berish yo‘llari bilan amalga oshirmoqda.

Sektor anketa yo‘li bilan foydalanuvchilar qiziqishini o‘rganadi, nogironlarga uylariga borib xizmat ko‘rsatiladi, qarzdorlar bilan ish olib bormoqda.

YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT SEKTORI 21 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga xizmat ko‘rsatadi. SHuningdek, yoshlar tarbiyasiga aloqador pedagoglar, tarbiyachilar, ijtimoiy korxona va tashkilotlarni xodimlariga kompleks xizmat ko‘rsatadigan sektordir.

YOshlar bilan ishlash sektori “Kamolot”, “Ma’naviyat targ‘ibot”, “Sog‘lom avlod uchun”, “Bolalar”, “Ma’naviyat targ‘ibot”, “Bolalar” jamg‘armasi bilan hamkorlikda shahrimizdagi oliy o‘quv yurti, hunar kollejlari, maktab o‘quvchilari orasida tadbirlar uyushtiradi.

KOMPYUTER ZALI SEKTORda  foydalanuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan va kerakli ma’lumotlarni topadi. Hamda foydalanuvchi mustaqil o‘z ustida ishlashi mumkin. SHuningdek, kompyuter zali sektori axborot resurslarni tashkil etadi, foydalanuvchilar talablarini bajarishga yordam beradi.

Pullik xizmati sektorda tashkil etilgan bo‘lib, bu usulda foydalanuvchilarga axborotlarni topishga yordam beradi va elektron kataloglarni yaratadi.

           AXBOROT-BIBLIOGRAFIYA BO‘LIMI  foydalanuvchilarga bibliografik ma’lumot xizmatini amalga oshiradi, bibliografik sharhlar tayyorlaydi, sayohatlar o‘tkazadi, ma’lumotnoma va maslahatlar beradi.

SHuningdek, bo‘lim foydalanuvchilarga va viloyat axborot-resurs markazlariga yordam tarzida o‘lkashunoslik xarakteridagi bibliografik tavsiyalar to‘plami, dolzarb mavzu bo‘yicha bibliografik ko‘llanmalarning “Kichik shakllari”ni tuzadi.

Bo‘lim xodimlari turli xildagi ma’lumotnomalar tayyorlaydi.

            AXBOROT TEXNOLOGIYALARI BO‘LIMI AKM xodimlarini va markaz foydalanuvchilarini kompyuter savodxonligi asoslari va Internet, Ziyonet  navigatsiyalari bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qiladi.

Ushbu o‘quv kursi markaz foydalanuvchilariga Internet  resurslariga kirish va kompyuterda ishlashni taqdim etadi. Bo‘lim AKM saytini to‘ldirish, hamda ma’lumotlar bazasini vujudga keltirish ishlarini olib boradi.

Markazdagi  barcha kompyuterlarga Windows  XR  o‘rnatilgan. Kompyuterlarning tarmoq dasturlari o‘rnatilgan va lokal tarmoq orqali  ma’lumotlar bazasidan foydalaniladi.

Markazdagi kompyuterlar Microsoft  Offise  2003 dasturi bilan ta’minlangan. Markazda o‘lkashunoslik, tabiiy va aniq fanlar bo‘yicha elektron manbalar mavjud.

Elektron ma’lumotlar bazasida elektron darsliklar, ma’ruza matnlari, referatlar, taqdimotlar, test savollari foydalanuvchilarga taqdim etilmoqda.

Axborot-kutubxona markazida foydalaniladigan o‘quv adabiyotlaridan tashqari  elektron manbalardan ham foydalaniladi. Jumladan, mazkur axborot-kutubxona markazida quyidagi elektron va multimediyali darsliklardan keng foydalaniladi.

YIG‘MA ELEKTRON KATALOG SEKTORI viloyatdagi Axborot-resurs markazlariga elektron katalogini vujudga keltirish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatadi. AKMning bosma nashrlarining elektron nushalarini vujudga keltirish yo‘li bilan elektron resurs fondini vujudga keltirish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Ushbu sektorning asosiy vazifasi viloyatning yig‘ma elektron katalogini vujudga  keltirib, uni respublikaning yagona  elektron katalogiga eksport qilishdan iboratdir.

 

AXBOROT-QIDIRUV APPARATI (katalog va kartotekalar). Katalog va kartotekalar asosiy va yordamchi  fondlarni aks ettiradi, foydalanuvchilarga mavjud adabiyotlar haqida axborot beradi, siyosiy va ilmiy bilimlarni keng foydalanuvchilar ommasiga faol targ‘ib qiladi.

Kataloglar sistemasining ikki xil turi bor:  alfavit hamda sistemali. Har bir  katalogda katalogning nomiga muvofiq, kartochkalar ma’lum tartib asosida joylashtiriladi.

ALFAVIT KATALOGIda mualliflar va sarlavhalar (agar muallif ko‘rsatilmagan bo‘lsa) alfavit tartibida beriladi. Kartochkada bir muallifning kitoblari quyidagi tartibda – tanlangan asarlari alohida asarlari nomlanishiga qarab alfavit tartibida joylashtiriladi.

SISTEMALI KATALOGda  kartochkalar bilim sohalariga qarab gruppalashtiriladi, ichki tomondan markazda qabul qilingan kutubxonani tavsiflashning ishchi sxemasiga muvofiq bo‘limlar, bo‘limchalar, gruppalarga ajratiladi. Har bir bilim sohasi va uning bo‘limchasi sxemada o‘zining shartli belgisi – indeksiga ega bo‘ladi.

MAQOLALARNING SISTEMALI KARTOTEKASI vaqtli nashrlarning so‘nggi  5-6 yillik materiallarini aks ettiradi. Tuzilishi jihatdan kartoteka sistemali katalog sxemasi bo‘yicha qurilgan va uni mantiqan to‘ldiruvchisi hisoblanadi.

Viloyatimizdagi ijtimoiy hayot, iqtisod va madaniyat, tabiat haqidagi kitoblar, vaqtli nashrlardagi maqolalar O‘LKASHUNOSLIK KARTOTEKASIda  o‘z ifodasini topgan.

 

Axborot-kutubxona markazining serqirra faoliyati uning katta jamoasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Kariyb 40 nafar markaz xodimlari, o‘z ishining tashabbuskorlari foydalanuvchilarga o‘zlarining kitob va bilimga muhabbatlarini bermoqdalar. Ular markaz faoliyatida o‘z kuch va tajribalarini ayamayaptilar. Kitob xizmatidek xayrli ishga ko‘l o‘rgan mehnat veteranlari bilan yonma-yon yoshlar ham samarali mehnat qilmoqdalar.

 

Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati Axborot-kutubxona markazining manzili: 120100, Guliston shahri, O‘zbekiston shox ko‘chasi, 8.

Telefon 225-48-65.

            E-mail: libgulistan@infolib.uz

            Veb-sayt: www.libgulistan.uz

 

Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi 9-00dan 20-00gacha ishlaydi. Dam olish kunisiz va tushlik tanaffussiz.