A.Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati Axborot- kutubxona markazi rivojlanishi tarixi

       1963 yil 11 fevralda Sirdaryo viloyati tashkil topdi. Yangi viloyat tarkibiga yetti tuman – Forish, Zomin, Paxtakor, Jizzax, Do‘stlik, Mirzacho‘l va Oktyabr tumanlari o‘tdi.
1964 yilning sentyabr oyida Guliston tumanidagi Nekrasov nomli tuman kutubxonasi zaminida viloyat kutubxonasi tashkil etildi. 1964 yilga qadar kutubxona 16 kv.m. maydoniga ega bo‘lib, Lenin nomidagi kolxozda joylashgan. Unda o‘quv zali, bolalar bo‘limi va shaxobchalari bo‘lmagan. Jami ikki kishi ishlagan. Jamg‘armasi 1634 nusxani tashkil etib, kitobxonlar soni 50 kishiga yaqin, ulardan – 15 nafari bolalar edi.
Kutubxona tashkil etilganidan buyon o‘tgan 20 yildan ziyod vaqt mobaynida moslashtirilgan tor, shaharning turli burchaklarida joylashgan binolarda qo‘nim topdi, bunga qaramay kitob fondi har yili ko‘paydi va o‘sib bordi.
1964 yildan 1970 yilga qadar kutubxona maydoni 180 kv.m. egallagan 5 sonli maktabni sport zalida joylashgan. Xodimlar soni 15 kishi bo‘lib, ko‘p bo‘sh o‘rinlar bo‘lgan. 10 kv.m. maydonda 5 kishi ishlagan, 2 kishi – ishlov berish bo‘limidYu. 3 kishi – uslubiy-bibliografiya bo‘limida ishlagan. 20 kv.m. egallagan o‘quv zali bo‘lib, direktor kabinetida 10 ming nusxa fondga ega bolalar kutubxonasi joylashgan, unda yetti kishi ishlagan.
1970 yili kutubxona uchun 200 kv.m. maydonga ega stat. boshqarmasini binosi taqdim etildi. 1974 yili kutubxonada butlash, texnik ishlov berish va katalogizatsiya, ilmiy-uslubiyat bo‘limi, axborot-bibliografiya, xizmat ko‘rsatish bo‘limlari ishladilar. 1974 yilni fevral oyida axborot-bibliografiya bo‘limi, qishloq xo‘jaligi va texnika adabiyotlari sektori ajratiladi. Shtatlar 26 kishini tashkil etdi.
Fond 58700 nusxani tashkil etdi, rus, o‘zbek, qozoq tillarida havola etildi. Kutubxonada alfavitli va sistemali kataloglar, universal gazeta va jurnal maqolalari kartotekasi (rus tilida), “Sirdaryo oblasti” (kitoblar, gazeta va jurnallar maqolalari o‘zbek va rus tillarida) o‘lkashunoslik kartotekasi, 1966 yildan yuritilgan retsenziyalar kartotekasi rus tilida yuritilgan. O‘quv zali va sirtqi abonement orqali kitobxonlarga xizmat ko‘rsatilgan. Ikkita ko‘chma kutubxonalar joylarda xizmat ko‘rsatgan.
Kutubxona tizimida o‘zgarish ruy berdi, o‘smirlarga xizmat ko‘rsatish kafedrasi ish boshladi.
1978 yilda kutubxona ijaraga olingan qurilish texnikumi binosida joylashdi. 1980 yilda kutubxonaga tarix muzeyi binosida qo‘shimcha joy ajratildi. Shu yili alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan o‘smir yoshlarga xizmat ko‘rsatadigan o‘smirlar bo‘limi tashkil etildi. Faollik bilan ish olib borish uchun bo‘lim qo‘shimcha shchilar soniga muhtoj bo‘ldi, shunda bo‘limga qo‘shimcha ish o‘rinlari berildi. Bo‘limda o‘quv zali va o‘smirlar abonementi ishini boshladi. Bo‘limda ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi jonlandi, qiziqarli kechalar, faxriylar bilan uchrashuvlar, she’riyat kechalari, “ko‘ngilli uchrashuvlar” tashkil etildi.
1983 yili kutubxona moslashtirilgan ikki binoda joylashgan edi. Egallagan maydoni 550 kv.m., kutubxonani asosiy qismi Komintern ko‘chasida, bu yerda – rahbariyat, ilmiy-uslubiyat bo‘limi, xizmat ko‘rsatish, o‘smirlar bo‘limi, musiqa sektori, ishlov berish va fondni butlash bo‘limlari, axborot-bibliografiya bo‘limi joylashdi.
Kutubxonani ikkinchi qismi qurilish texnikumi binosida, bu yerda – kitob saqlash bo‘limi, qishloq xo‘jaligi va texnika adbiyoti sektori, kitob almashtirish va rezerv fondi joylashdi.
1984 yili xizmat ko‘rsatish bo‘limida ishchi yoshlarga faol xizmat ko‘rsatishni yangi usuli joriy etildi, bular “jamoa” va “brigada” abonementi. Bu abonementlar ta’mirlash-mexanika zavodi, yog‘-ekstraksiya zavodi, ky qkrilishi kombinati ishchilariga ishlab chiqarishda xizmat ko‘rsatish imkonini berdi.
1987 yili Sirdaryo vloyati kutubxonasiga shahar markazida zamonaviy jixozlangan maxsus bino taqdim etildi. 1987 yil 5 noyabr kuni kutubxona tarixida muhim voqyea yuz berdi. Tipovoy qurilgan bino 400 ming nusxa kitoblarga mo‘ljallangan bo‘lib, unga buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri A.Navoiy nomi berildi.
Yangi, keng bino ommaviy tadbirlarni sifatli o‘tkazish, pullik xizmatni joriy etish, ishni tashkil etishni yangi usullarini qo‘llashga sharoit yaratdi.
Bu bino viloyatimiz bo‘yicha kutubxona uchun qurilgan ikkinchi maxsus bino (birinchi Boyovut tumani markaziy kutubxonachi uchun qurilgan, 1982 yil). Kitob fondi 1964 yilda 21000 nusxa bo‘lgan bo‘lsa, 1987 yili 200000 nusxa bo‘lib, kutubxona ochilishi marosimda direktor P.A. Madaminovni quvonchi cheksiz edi.
Kutubxona fondi universal mazmunda bo‘lib, unda ijtimoiy-siyosiy, texnika, tabiiy-ilmiy, qishloq xo‘jaligi va badiiy adabiyotlar o‘rin oldi. Fond o‘zbek va rus tilida taqdim etiladi. Fondni boshqa tillarda adabiyotlar bilan butlash ishlari boshlandi: tojik, qozoq, krim-tatar tillarida. Kutubxonani kitob o‘zagini faqat kitoblar emas, bu yerda vaqtli nashrlar, nota nashrlari, audiovizual materiallari tashkil etdi. Kutubxona jamoasini asosiy vazifalari kitob fondlaridan to‘laroq foydalanish sharoitlarini yaratish va kitobxonlar talablarini qondirish edi. Ikki qavatli binoda, umumiy foydali maydoni 5 ming.kv.m., 7 bo‘lim va ixtisoslashtirilgan o‘quv zallari va musiqa mehmonxonasi ish olib bordi. Kutubxona vestibyuli “grafitto” stilida bajarilgan edi.
Kutubxonani birinchi qavatida hisob sektori joylashgan bo‘lib. Bu yerda kiobxon bileti va qarzi yo‘qlik varaqalari to‘ldirildi. Bu yerda kompyuter uyinlari zali ishlab, kitobxonlarga kompyuterdan foydalanish bilimlarini olishga yordam berdi.
Kutubxonani ilmiy-uslubiyat bo‘limi kutubxonalarga tashkiliy-uslubiy rahbarlik ishlarini olib bordi. Barcha tizim va idoralar kutubxonalariga amaliy va uslubiy yordam berdi. Ilmiy-uslubiyat bo‘limida “Izlanish. Muammolar. Yechimlar” klubi ish olib bordi. Bo‘lim Madaniyat Vazirligi tizimidagi 240 kutubxona ishini muvofiqlashtirdi.
Kitob saqlash bo‘limida, almashuv-rezerv fondida fondning asosiy qismi jamlandi -100 ming nusxa kitoblar, ular ichida yagona nusxada nashrlar. Bo‘limda gazeta va jurnallar 1983 yildan saqlanib, “Sыrdarinskaya pravda” gazetasi nashrlari 1969 yilda saqlanib keldi.
Fondni butlash bo‘limiga yangi bosma nashrlar mavzuli rejalar buyurtma orqali olinadi. Bir yilda 80ta mavzuli rejalar kurib chiqilar edi. Butlashning asosiy manbai – bibkollektor. Bundan tashqari “Kniga pochtoy” do‘konlarini xizmatidan va kutubxonalararo ko‘p nusxali fondlarni almashtirishdan foydalanildi.
Har yili bo‘limga 20 ming bosma nusxalar va 400 nomda gazeta va jurnallar olindi.
Ikkinchi qavatda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlar va sektorlar joylashdi. Bir vaqtning o‘zida o‘quv zallarida 150 kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish takshil etildi. Kutubxonani amalda keng qo‘llanilgan ish usullari – “jamoa” va “brigada” abonementi, “Nima? Qayerda? Qachon?” qiziqishlar klublari, “Uy bekasi” klubi bo‘ldi.
San’at va musiqa sektorida musiqa mehmonxonasi ochildi, bunda xonanda va kompozitor Mansur Tashmatov bilan musiqa ringi, urush faxriylari ishtirokida “Chin ko‘ngildan” musiqa kechasi kabi tadbirlar o‘tkazildi.
Vaqtli nashrlar zalida har hil mavzularga oid jurnal va gazetalar taqdim etildi. Bu yerda kitobxonlarga yangi gazetalar bilan bir qatorda o‘tgan yillar taqsimlarini buyurtma qilib o‘qishlariga sharoit yaratildi. Kitobxonlar uchun tavsiya tarzida “Nashrdan chiqadigan kitoblar sahifalari bo‘ylab”, “Qiziqarli maqola”, “Kino ishqibozlariga” va boshqa ko‘rgazmalar tashkil etildi.
Umumiy o‘quv zalida xamma toifadagi kitobxonlarga xizmat ko‘rsatildi. Zalning fondida ensiklopediflar, lug‘atlar, barcha sohalarga oid ma’lumotnomalar yig‘ildi.
O‘smirlar bo‘limida birinchi marotaba qiziqarli o‘yin usullari qo‘llanildi. Bular “Nima? Qayerda? Qachon?”, “Sen o‘z shaharing haqida nima bilasan?” viktorinasi,”Siyosiy jang” – tok-shou, “Ishbilarmon o‘yini”, “Bilimmlar auksioni” kabi tadbirlar.
Kutubxona – bu ijtimoiy institut, uning faoliyati shaxs, uning talab va qiziqishlarini qondirish, o‘qish, kitob orqali insonni tarbiyalashga qaratilgan.
80 yillarda har hil ijtimoiy guruhlar vakillarini o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari bir biriga bog‘landi. Lekin yoshlarimizda o‘qishga bo‘lgan qiziqish pasaydi. Kitobxonlarni talablarini to‘laroq qondirish uchun tizim ichidagi kitob almashish, kutubxonalararo abonement, ko‘chma kutubxona, brigada abonementi xizmatidan foydalanildi.
Kutubxonalararo abonement orqali A.Navoiy nomidagi Respublika kutubxonasi, O‘zbekiston fanlar kakdemiyasi kutubxonasi, viloyat kutubxonalari fondlaridan foydalanildi.Yil davomida 90dan 160 kitobxonga xizmat ko‘rsatildi.
Kutubxonalararo abonement kutubxona xizmati ko‘rsatishni usullaridan biri bo‘lib kutubxona fondlaridan o‘zaro foydalanishni yaxshilaydi, Respublika kutubxonalari fondlaridan foydalana olish imkoniyatini beradi. 1993 yili bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan kutubxonalararo aloqalar uzildi. Bunda kitoblarga va pochta xarakatlari narxlari keskin oshirilishi ta’sir etdi.
Kutubxonani asosiy vazifasi – kitobxonlar tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish. Kutubxona xizmatidan talabalar, professor-o‘qituvchilar tarkibiga, kollej va maktab o‘quvchilari xizmatchilar, nafaqadorlar, uy bekalari, ishchilar foydalanadilar.
14 sentyabr 1991 yili shahar aholisi buyuk namoyish guvohi bo‘ldilar. Saxnalashtirilgan tadbir tomoshabinlarni 5 asr orqaga, Gerot saroyiga, Alisher Navoiy dunyosiga yetakladi. Kutubxona oldida maydonda sharq bozori ochildi, bu yerda sandiq va beshiklar sotilar, xurozlar jangi o‘tkazilar. Sakkiz bo‘limdan iborat ko‘rgazmada A.Navoiyni adabiyotga, san’atga, ta’lim sohasiga qo‘shgan beqiyos hissasi ochib berildi. Shoir ijodi bilimdonlarini bellashuvi o‘tkazildi. Eng yaxshi javoblar sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Kun davomida, kechgacha musiqa, qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi. Dam olish kuni kutubxona maydoniga tashrif buyurgan mehmonlar kungilli, xursandchilikda o‘tkazdilar.
Bunga o‘xshash sahnalashtirilgan tadbirlar mustaqillik kuniga, G‘alaba kuniga bag‘ishlab o‘tkazildi. Sirdaryo viloyati IIB va Guliston shahar sanoat-savdo xodimlariga madaniy xizmati ko‘rsatish haqida shartnomalar tuzildi. Bunda bu tashkilotlarni xodimlari har oy video dasturlarni ko‘zdan kechirib o‘zlariga ma’qul qasbiy bayramlar, shu sohaga oid yangi adabiyotlar bilan tanishadilar.
22 may 1992 yili kutubxona xodimlarini “Kutubxona -axborot va hordiq markazi” – respublika anjumani bo‘lib o‘tdi. “Mutaxassislar kuni” doirasida direktorlar ishtirokida tadbirlar o‘tkazildi. Mavzuli ko‘rgazmalar bo‘yicha qiziqarli sharhlar berildi, ish o‘yinlari tashkil etildi. Bellashuv shaklida o‘tkazilgan tadbilar kutubxonachilarni saviyasini boyitishiga, uni malakasini oshirishga qaratildi. Anjuman muvaffaqiyatli o‘tdi. Kutubxona xodimlari uchun kutubxonachilik va hordiq chiqarish ishlarini bog‘lanishi,ommaviy-madaniy ishlarni, teatr va kitobni bog‘lash elementlari yangilik kiritdi. Bunda kutubxonani moddiy-texnika bazasi muhim rol o‘ynadi, kutubxona rahbari ApayevN.X. bunga juda katta e’tibor berar edi.
Aynan 90 yillarda tok-shou, benefislar, kapital-shou, ish o‘yinlari, tadbirlar kaleydoskopi kabi tadbirlarni yangi usullari qo‘llanildi. “Anjumanda ko‘rsatilgan tadbirlar birinchi marta sahnalashtirilgan tadbirlar” – dedi Madaniyat Vazirligini yetakchi metaxassisi Soy A.P.
1990-1994 yillar – kutubxona gullab yashnagan vaqti. Kutubxonada, hech qaysi ittifoq kutubxonasida bo‘lmagan marketing bo‘limi tashkil etildi. Ko‘p aloqalar uzilgan vaqtda kutubxona bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tdi. An’anaviy bepul xizmat ko‘rsatish xizmatlari bilan, pullik xizmat joriy qilindi. Bu ishlar og‘ir bozor sharoitida, kitoblarni narhi qimmat, mablag‘ yetmagan vaqtda kitobxonlarni saqlab qolish maqsadida qilingan.
Ayni shu vaqtda kutubxona direktori N.X.Apayevni aql-idroqi shu yo‘nalishda ishladi. Marketing bo‘limi xodimlari Moskva. Riga shaharlarida o‘qib biznes va marketing mutaxassisligi diplomlari oldilar. Kutubxona hisobida 2 mln.rub. muomalada bo‘ldi. Kutubxonada 28 ming so‘mlik ta’mirlash ishlari o‘tkazildi (ajratildi 8 ming so‘m). Mebel, kseroks va boshqa jixozlar olindi. Kutubxona pullik xizmat taklif etdi:
Tez o‘qish kurslari.
Bozordan oziq-ovqatlarni, prachkadan yuvilgan narsalarni tashish.
Zamonaviy o‘qitish usullarini qo‘llash orqali o‘zbek tilini tezkor o‘rganish kurslari.
“Yetti sayyora” videosalon.
Diskoteka va bilyard.
Kutubxona podvalida qo‘ziqorin o‘stirash.
Tabiiy teridan kiyim tikish sexi.
Tovuq va asalari boqish.
Orgtexnika yettishtirish.
Mahsulot olib-sotishda dallolik ishlari.
Poliz ekinlarini yettishtirish bo‘yicha yerdamchi xo‘jalik.

Marketing bo‘limi ishidan kelib tushgan daromad orqali kutubxona xodimlariga moddiy yordam berildi va ommaviy tadbirlar o‘tkazildi. Shahar aholisi xotirasida G‘alaba kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir, parashyutchilarni parvozi, feyerverklar, Turkiston harbiy okrugining konserti abadiy qoldi.
Kutubxona xodimlarini xammasiga pullik xizmatdan tushgan yillik daromaddan 30% qo‘shimcha to‘lov kiritildi. Qolgan mablag‘ga ommaviy tadbirlarni o‘tkazish, kutubxona uchun mebellar xarid etildi (Rossiyada Shatura mebel fabrikasida tayyorlangan), kutubxonachilarni mehnat sharoitlarini yaxshilashga ishlatildi.
Shu yillarda kadrlar qo‘nimsizligi bo‘lmadi.
Mirzacho‘lni yalpi o‘zlashtirilishining 35 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Kapital-shou. Mo‘’jizalar maydoni” qiziqarli va jonli bo‘lib o‘tdi. O‘yinda priz sektori, “A” sektori, tomoshabinlar bilan o‘yin sektori musiqali tanaffus o‘rin oldi. Final o‘yini davomida xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari eng faol kitobxonni aniqladilar va unga pullik mukofot topshirildi. O‘yinda priz sifatida: chang yutgich, Ginnes rekordlar kitobi, turistik yo‘llanma va boshqa qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikka, erishgandan so‘ng kutubxona nafaqat umuminsoniy qadriyatlarni, balki milliy urf-odatlarni targ‘ib qilishni yo‘lga qo‘ydi. Ayni vaqtda urf-odatlar xalqning tarixi va madaniyatini yoritib berish, kutubxona milliy usulda boyitildi. kUtubxona kitobxonlarni xalqlarning ma’naviy dunyo qarashlaridagi o‘zgarishlar bilan, qadimgi va yangi umumilliy urf-odatlari bilan tanishtiradi. Bu maqsad uchun kutubxonaning ta’sir etuvchi xamma shakl va mablag‘laridan foydalaniladi: lektoriyalar, universitetlar, ko‘rgazmalar, uchrashuvlar. “Kitobxonlar benefisi” shakli juda mashxur bo‘ldi. Xizmat ko‘rsatish bo‘limida “Qiziqarli biografiyalar kartotekasi” tashkil etilib, unda xalq ijodi ustalari, rassomlar, kolleksionerlar, musiqachilar va viloyatning boshqa mashhur insonlari ruyxatdan o‘tdilar.
Zamonaviy tarixiy sharoitlarda, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng kutubxona vazifalari kengayib, kutubxona jamoasining axoliga kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada yaxshilash yo‘lga ko‘yildi. Shaxs rivojlanishi va shakllanishi asosini, inson faoliyatining ko‘ngilochar asosini kitoblar tashkil etadi. Aynan kutubxonachilar insonning ma’naviy-barkamol tarbiyasidagi vazifalarni yechimida yordam berdilar.
Shuning uchun kutubxonalarning zamonaviy bosqichdagi asosiy vazifalari: milliy mustaqillikning ideologiyasini targ‘ib qilish, prezident I.Karimovning asarlarini va o‘zbek xalqining ma’naviy merosini targ‘ib qilishdan iboratdir.
Huquqiy va ahloqiy tarbiya muhim o‘rinda turadi. Kutubxona aholiga O‘zbekiston Respublikasidan qonunlar tizimi, qabul qilinayotgan qaror va huquqiy bayonnomalar haqida axborot beradi. Birinchi o‘rinda kutubxona kitobxonlarga mustaqillikni targ‘ib qiluvchi materiallar, O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosati, umumiy tashkilotlarning faoliyati, iqtisodiy reformalar haqidag materiallar bilan tanishtirib boradi. Kutubxona huquqiy asosni o‘rganayotgan kitobxonlarnig ayrim guruxlari bilan, dasturlar va o‘quv mavzuli reja asosida ish olib boradi, shuningdek mavzu bo‘yicha yangi kitoblar haqida axborot beradi, ko‘rgazmalar, bibliografik sharhlar va tdabirlar tashkil qiladi.
“Kamolot” YOIX bilan tashkil etilgan “Huquqni bilasizmi?” tadbiri katta e’tiborga sazovor bo‘ldi. Huquqiy tarbiya bo‘yicha barcha ishlar kutubxonaning hamma fondi bilan birgalikda keng foydalanish uchun amalga oshirgan, birinchi navbatda bu O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, Islom Karimov kitoblari, sessiya materiallari va huquqiy ma’lumotli adabiyotlardir. Oxirgi o‘n yil mobaynida bu mavzu bo‘yicha eng qiziqarli tadbir bu “Mehnat va qonun” og‘zaki jurnali. Unda mehnat qonunlari to‘g‘risidagi eng dolzarb savollar kutarilgan. Huquqiy mavzular to‘g‘risidagi munozaralar, “Savol-javob kechalari”, “Eng yaxshi huquq bilimdoni” – bular shu yillarning eng mashhur tadbirlaridandir.
Kitobxonlarning so‘rovlarini qondirish maqsadida kutubxona adabiyotlarni ko‘rgazmali targ‘ib qilishda foydalanadi va ommaviy ish olib boradi. “O‘zbekistonning xizmat ko‘rsatgan arboblari”, “Yozuvchilarning ijodi va hayoti”, ta’lim, madaniyat, iqtisodiyot rivojlanishiga atalgan ko‘rgazmalar, Respublikaning unutilmas vokealariga bag‘ishlanadi. Katalog va kartotekalar tizimidan foydalanishda kutubxona turli bilim sohalari bo‘yicha har yili 400ga yakin og‘zaki va yozma ma’lumotlar beradi. Aholiga yangi adabiyotlar to‘g‘risida axborot berish maqsadida kutubxonada “yangi kelgan kitoblar” axborot byulletenlari tuziladi.
“Go‘zallik bilan muloqot” – musiqa va san’at bilan san’at va musiqa-notali adabiyotlar sektori, bu yerda shu mavzuga atab ko‘rgazmalar, kechalar, “Fantastikaga qiziquvchilar” klubining mashg‘ulotlari o‘tkazilib turiladi. Bularning hammasi yoshlarning ma’naviy rivojlanishida yakindan yordam beradi. Sog‘lom hayot tarzining shakllanishidagi ishda kutubxona boshqa ijtimoiy tashkilotlar “Xotin-qizlar ko‘mitasi”, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati, “Qizil xoj va Yarim Oy” jamiyati, “Sog‘lom avlod uchun” jamiyatlari bilan xamkorlikda ish olib boradi. Turli forumlarda, uchrashuvlarda spirtli ichimliklar, tamaki chekish, giyohvandlik to‘g‘risida suhbatlar o‘tkaziladi. “Giyohvandlikka yo‘l – yo‘q”, “Har bir inson sog‘ligi – millat sog‘ligi” bu dasturlar kutubxonada yildan yilga rivojlanib bormoqda.
Kitob fondini o‘rganish borasida kutubxonada katta ishlar amalga oshirildi. Kitobxon madaniyatini rivojlantirish maqsadida klassik adabiyot (Navoiy, Fitrat, Qodiriy) targ‘ib qilindi, “Yozuvchi-yubilyarlar”, “Unutilgan kitoblar”, “Yangi kitoblar satrlarida” deb nomlangan ko‘rgazmalar tashkil qilindi.
Brigada abonementida og‘zaki jurnallar, shou-o‘yinlar, “Mutaxassislar kuni”, “Kimning kelini yaxshi”,”Yulduzli soat”, “Umniki i umnitsы”, o‘yinlari o‘tkazilgan. Yillar davomida “Eng yaxshi kitobxon oila”, “Eng yaxshi kutubxoanchi” tanlovlari bilan ishlashga katta e’tibor berildi. Nogiron kitobxonlarga uyda xizmat ko‘rsatish tashkil etildi.
1994 yilda nogiron va yetim bolalar uchun “Navro‘z – xayriya kechasi” xayriya marafoni o‘tkazilgan. Undan tushgan mablag‘ bolalar uyiga topshirildi.

2002 yilda kutubxona binoni ta’mirlash uchun yopilgan, lekin kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish to‘xtamadi. Shaharning 5ta joyida joylashib, kutubxona qisman faoliyat olib bordi. 2003 yilda bino ta’miridan so‘ng kutubxona o‘zining eski joyiga qaytdi. Kutubxona tuzilmasi 5ta bo‘lim va 11ta sektordan iborat bo‘lib, kitobxonlar bilan uzluksiz 3ta bo‘lim va 7 sektor ish olib boradi.
Xozirgi vaqtda kutubxona fondi 196.9 ming nusxa kitobni tashkil qiladi. 2005 yil uchun kutubxonadan foydalanuvchilar soni 7300ta qitobxondan iborat bo‘ldi. Bir yilda 120 minga yaqin nusxada kitob va vaqtli nashrlar berilishi ta’minlandi.
Kutubxonada ommaviy axborot va ko‘rgazmali ishlar olib borildi, yil boshida tasdiqlangan yillik rejaga asosan uslubiy ko‘llanmalar chiqarildi. Viloyat kutubxonasi doimo axborot vositalari bilan aloqada, mahalla ko‘mitalari bilan, nogironlar jamiyati, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, milliy madaniy markazlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati va “Qizil Yarim Oy” jamiyati bilan yillik ish rejasi tuzilgan.
Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish uchun kutubxona turli xil katalog va kartotekalar, ma’lumot-axborot fondlari, o‘lkushunoslik fondini taqdim etadi. Kitobxon so‘rovini to‘liq qondirish uchun kutubxonachilar nogiron kitobxonlarga uyda xizmat ko‘rsatadilar.

1964 yildan 1969 yilgacha Sirdaryo viloyat arxivida viloyat kutubxonasining direktorlari to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.
1969-1970 y. Rashidova Roza Rashidovna
1970-1971 y. Kogay Roza Nikolayevna
1972-1973 y. Abduxoliqov N.K.
1973-1974 y. Kulbayeva F.K.
1974-1981 y. Kogay Roza Nikolayevna
Roza Nikolayevna ishlagan davrda kadrlar tanlashda juda katta o‘zgarishlar bo‘ldi, u kutubxonada ishlash uchun malakali tayyorlangan mutaxassislarni jalb qildi. U direktorlik qilgan davrda xodimlarning 70%ni mutaxassislar tashkil etdi.
1981-1982 y. Lineva S.A. direktor v.b.
1982-1983 y. Uralbayeva Anora Ortiqboyevna
1983-1984 y. Egamberdiyev Muhammad Egamberdiyevich
1985-1986 y. Ismoilov Raxim Abduraimovich
1987-1988 y. Madaminov Palvonazir Abdukarimovich
Palvonazir Abdukarimovich ishlagan davrda kutubxona yangi tipovoy binoga kuchib keldi.
1989-1999 y. Apayev Nikolay Xanbiyevich.
U o‘zining ishlagan vaqtida yangi xo‘jalik hisobiga o‘tish munosabati bilan biznes va marketing bo‘limini tashkil etdi. Marketing sektori mudiri Setmerov R. Moskva shahriga o‘qishga jo‘natildi, biznes va marketing bo‘yicha mutaxassis diplomini oldi. Direktor muovini iqtisod, marketing, moddiy texnik yoritish bo‘yicha Ten A.B. Riga shahrida biznes va marketing bo‘yicha o‘qishda bo‘ldi. Axborot-bibliografiya bo‘limi mudiri Kim L.N. Moskva shahrida tez o‘qish bo‘yicha stajirovkada bo‘lgan.
2000 yil – Boymatov Alijon Azimjonovich.
2000 yilning may oyidan boshlab viloyat kutubxonasida ishlaydi. Ishlagan davr mobaynida Xalqaro fondlar bilan ishlash uchun qulay sharoitlar yaratdi. Bu esa “Huquqiy axborot markazi”, “Notijorat nodavlat tashkilotlar resurs markazi” loyixalari bo‘yicha grant yutib olish imkonini berdi.
Sirdaryo viloyat kutubxonalari Assotsiatsiyasi tuzildi. Kutubxonalar Assotsiatsiyasi “Internetga bepul o‘qitish va undan jamoa foydalanish markazi” loyixasi orqali grant yutib olindi.
Alijon Azimjonovich xodimlarni kompyuter saboqlariga va Internet savodxonligiga o‘qitishni tashkil qildi. “Kutubxona darslari” ko‘chma seminarlar shaklidagi ishlarni yangiladi.
Boymatov A.A. viloyat kutubxonasini malakali mutaxassislar bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘ydi. Uning tavsiyasi orqali yosh kutubxonachilar Guliston san’at kollejining kutubxonashunoslik fakultetida tahsil oldilar. Oxirgi uch yil ichida 10ta xodim bu yo‘nalishda o‘qidilar va bu yo‘nalishdagi ishlar davom etmoqda.
2000 yilgacha kutubxona zamonaviy orgtexnika bilan ta’minlanmagan edi. Alijon Azimjonovich sayl-xarakatlari bilan zamon talablariga javob beruvchi texnika (kompyuterlar, kseroks, faks-modem, videokameralar) olindi.
2006 yil avgust oyida Boymatov A.A. kam ta’minlangan oilalar farzandlarini o‘qitish fikrini bayon qildi. Markaz murojaati bilan, shaharning mahalla ko‘mitalari kam ta’minlangan oilalar farzandlari haqidagi ruyxatni taqdim etdilar. Bu ruyxat asosida bolalarni kompyuter savodxonligiga bepul o‘qitish tashkil qilindi.
Kutubxonaning ko‘pkirrali faoliyati uning katta jamoasi xarakati orqali rivojlanmoqda.

2004 yil 14-15 sentyabr kunlari “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tizimidagi kutubxonalar direktorlari Respublika seminar-kengashi” bo‘lib o‘tdi.
Seminar-kengashining birinchi kunida ma’ruzalar eshittirildi. «Respublika ommaviy kutubxonalari rivojlanishining ustivor yo‘nalishlari» muzeylar, madaniy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari G‘.Narzullayevni ma’ruzasi, A.S. Pushkin nomidagi Samarkand viloyat ilmiy-universal kutubxonasi direktori Sh.Axmedovani “Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi” yuzasidan axboroti, A.Navoiy nomidagi Respublika milliy kutubxonasi direktori muovini I.Maminova “Krim konferensiyasi xususida” va boshqa ma’ruzalar eshittirildi.
Seminarni ikkinchi kunida katnashchilarga rasmlar galereyasida taniqli Ijodkorlarni yangi asarlari ko‘rgazmasi namoyish etildi va Boyovut tumani markazlashtirilgan kutubxonalar tizimining ish faoliyatlari bilan tanishtirildi. Seminar yakunida katta konsert dasturi namoyish etildi.

Xozirgi vaqtda jamiyatimiz va davlatimiz hayotida ruy berayotgan o‘zgarishlarga javob berish uchun yangi sharoitda ishlashga tayyor bo‘lish, axborot-kutubxona faoliyatida har tomonlama katta o‘zgarishlar bo‘lishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi PQ-381 sonli qarori asosida Sirdaryo viloyati xududida A.Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat ilmiy-universal kutubxonasi bazasida A.Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati axborot-kutubxona markazi tashkil etildi. Axborot-kutubxona markazi aholini axborotga bo‘lgan talablarini tezkor qondirish, bilim va axborot olish uchun keng imkoniyat yaratib berish, shaxs rivojlanishi uchun bilimlarni oshirish, madaniy faoliyat va bo‘sh vaqtda ijodiy faoliyatni vujudga keltirish uchun tashkil etildi.
Axborot-kutubxona markazi o‘z oldiga quyilgan vazifalarini bajarishi uchun ijtimoiy tashkilotlar: ommaviy – axborot vositalari bilan maxalla ko‘mitalari, viloyat nogironlar jamiyati, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Yoshlar markazi, milliy madaniy markazlar bilan doimiy hamkorlikda ishlab kelmoqda. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy tashkiloti va Qizil Yarim Oy jamiyati bilan yillik hamkorlik ish rejasi tuzildi.
Markazning so‘rovi bilan shaharning maxalla ko‘mitalari mutaxassislikka ega bo‘lmagan, ishlamagan yoshlarni ruyxatlarini taqdim etdilar. Bu ruyxatlarga ko‘ra markazda kompyuter savodligi, Internet asoslariga bepul o‘qitish tashkil etildi va bu ularni mehnat bozorlarida ish bilan ta’minlanishlariga yordam berdi.
Yoshlar markazi bilan birgalikda yoshlarga axborot xizmati ko‘rsatish amalga oshiriladi.
Kutubxona-axborot markazi aholini ijtimoiy himoyalash ishlariga katta ahamiyat bermoqda. Jismoniy imkoniyatlari cheklangan kitobxonlarga uylarida xizmat ko‘rsatish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Bu ishlar nogironlar jamiyati bilan o‘zaro xamkorligida olib boriladi.
Ijtimoiy tashkilotlar kabi axborot-kutubxona markazi o‘z oldiga rahbarlik vazifasini va maqsadlarni ko‘ymoqda: yoshlar, maktab va litsey o‘quvchilari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari, ishchi va xizmatchilar, nafakachilar bilan ish olib borish. Bu vazifalar faqat hamkorlik xarakatlari natijasida bajariladi:
yoshlarni vatanparvarlik ruhida, Vatanga sadoqatlik ruhida tarbiyalash;
milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizni saqlab qolish;
vatanparvarlik va estetik tarbiyalash;
sog‘lom hayot tarzini targ‘ibot etish;
bilimlarni targ‘ibot etish.

Xozirgi kunda biz faqat kitobxonni emas, balki axborot madaniyatiga ega, zamonaviy axborot oqimlarida ishlab, bilim olishga, axborotdan foydalana oladigan shaxsni tarbiyalaymiz. Foydalanuvchilarni tarkibi bir biridan farq qiladi, shu bilan biz ular bilan ishlashda har hil usullarni qo‘llaymiz.
Biz ishimizda faqat boshqa tashkilot va muassasa bilan birgalikda ishlash sharoitida muvafaqiyatga erishamiz. Bizning markazimiz ta’lim jarayonida, o‘qish doirasini va axborotga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishni kengaytirishda zarur. U g‘oya, fikr, muloqotga yo‘l ochib beradi. Markaz – bu faqat kitoblar va axborot saqlanadigan joy emas, bu amalda etika boyliklari xazinasi bo‘lib u imkoniyatlarni tenglashtiradi, har bir inson haqida g‘amxo‘rlik qiladi va keng dunyoga chiqishni ta’minlaydi.
Markazni ijtimoiy muhimligi, axborotni va kitobni zarurligi xozirgi kunda oshib bormoqda; umumta’lim faoliyatida o‘qishni o‘rni o‘sib bormoqda, kitobxonlarni talablari murakkablanmoqda. Mavjud qadriyatlarimizni saqlab qolgan holda, bizlar kitob, axborot va foydalanuvchilar bilan ishlashni yangi usullarini izlamoqdamiz.
Markazimizning xamma tadbirlarida “Kamolot” yoshlar tashkiloti, Qizil Yarim Oy jamiyati, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi xomiylik yordamini beradilar. Xamkorlik faoliyati ijtimoiy tashkilotlar va markaz uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Markaz foydalanuvchilarni keng jalb etishga, jamiyatni axborotga bo‘lgan talablariga va ehtiyojlariga tezkor javob berish sharoitiga ega.
Ijtimoiy tashkilotlar o‘z faoliyatlarini xamma yo‘nalishlari bo‘yicha sifatli va tezkor axborot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

50 yaqin kutubxona xodimlar, o‘zining ishining fidoyilari, kitobxonlarga kitobga, bilimga bo‘lgan intilishlarini, muhabbatlarini namoyish etmoqdalar. Ular kutubxona faoliyatiga o‘zlarining kuch-quvvatlarini va o‘lkan malakalarini jalb qilmoqdalar. O‘zlarini kitob xizmatiga bag‘ishlagan mehnat faxriylari bilan bir qatorda yoshlar xam mehnat qiladilar.
A.Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat Axborot-kutubxona markazi manzili:

120100 Guliston shahri, O‘zbekiston shox ko‘chasi, 8 uy, telefon 2254865.

Kitobxonlarga xizmat qiladigan bo‘limlar 9-00dan 18-00gacha dam olish kunisiz va tushliksiz ishlaydi.