Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazida 2019 yil yanvar oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar:

  1. 9 yanvar kuni – Guliston kompyuter va axborot texnologiyalari kollejida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab “Yurtga sadoqat – oliy saodat” mavzusida bellashuv;
  2. 11 yanvar kuni – Guliston san’at kasb-hunar kollejida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab “Faxru shonimiz vatan” mavzusida badiiy kecha;
  3. 14 yanvar kuni – viloyat axborot-kutubxona markazida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab “Vatanimizni himoya qilaylik” mavzusida badiiy kecha;
  4. 15 yanvar kuni “2019 yil Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” munosabati bilan davra suhbati.
  5. 24 yanvar kuni viloyat axborot-kutubxona markazida 30 yanvar – O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov (1938-2016) tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Qalbi quyoshday balqqan mehribon bobojonim” mavzusida davra suhbati;
  6. 31 yanvar kuni – “2019 yil Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” munosabati bilan konferensiya.

Tadbirlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.